Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YouTube portlagan kun...

YouTube portlagan kun...

«2012» filmidan kadr.

Roppa-rosa 10 yil ilgari, 2012-yilning 21-dekabrida dunyoning ko‘plab nuqtalarida qiyomat yuz berishini kutishardi. Ushbu sana uzun hisoblashga asoslangan mezoamerika taqvimining eng so‘nggi — 5125-yilining oxirgi kuni sifatida ko‘rilgan.

«Qiyomat kuni» ommaviy madaniyat vakillari uchun tesha tegmagan mavzu edi, masalan, ko‘plab kinolar olindi («Apokalipsis», «2012» va hokazo) mayyalar va Markaziy Amerikaning tubjoy aholisi madaniyatiga qiziqish oshib, bu joylarga sayyohlar oqib kelishni boshladi.

O‘sha kuni qiyomat yuz bermadi...

Biroq xuddi shu kuni YouTube va internet tarixida ilk marta tomosha qilishlar soni 1 milliarddan oshgan videoklipning nomi ma’lum bo‘ldi. Bu butun dunyoni raqsga tushirgan janubiy koreyalik xonanda PSYning «Gangnam Style»qo‘shig‘i edi.

Oradan 10 yil o‘tdi, yutubda 1 milliarddan ko‘p tomosha qilingan roliklar soni hozir naq 342 ta. Ular orasida eng ko‘p «Baby Shark Dance» videoroligi ko‘rilgan — 11 mlrd marotaba! Bu sayyoramiz aholisi sonidan 3 milliardga ko‘p.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring