Yozgi ta’til vaqti ham o‘zgarishi mumkinligiga izoh berildi
Qishki ta’til kunlarini 24-yanvarga qadar uzaytirilgani yozgi ta’til vaqtiga hech qanday ta’sir qilmaydi.
Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi ma’lum qildi.
Qo‘shimcha ta’til davridagi darslar (mavzular) chorak boshlanganidan so‘ng darslarga qo‘shib, tig‘izlashtirilgan xolda o‘tiladi, shu bois ushbu qo‘shimcha ta’til kunlari boshqa ta’tillarga ta’siri bo‘lmaydi.
Oldinroq vazirlik ta’til uzayishi o‘qituchilar oyligiga ta’sir qilmasligini ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 9-yanvar kuni Xalq ta’limi vazirligi bayonot bilan chiqib, maktablarda qishki ta’til uzaytirilganini e’lon qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter