Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yosh kitobxon» tanlovi: Kecha salkam 90 ming nafar yoshlar qatnashdi, bugun 15-19 yoshlilar bellashadi

«Yosh kitobxon» tanlovi: Kecha salkam 90 ming nafar yoshlar qatnashdi, bugun 15-19 yoshlilar bellashadi

Foto: «Xabar.uz»

Kecha, 12-iyul kuni «Yosh kitobxon» tanlovining saralash bosqichiga butun respublikamiz bo‘ylab start berilgan edi.

Kecha 20-30 yosh toifasidagilar saralash bosqichi test sinovlaridan o‘tishgan bo‘lsa, bugun 15-19 yoshlilar o‘z bilimlarini sinab ko‘rishadi.

12-iyul kuni o‘tgan tanlovning saralash bosqichida jami 87 828 nafar yoshlar ishtirok etdi. Tanlov saralash bosqichi yakuniga ko‘ra, 1128 nafar ishtirokchi 86 va undan yuqori ball olib, tanlovning 2-bosqichi ya’ni tuman (shahar) bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Bugun bo‘lib o‘tayotgan saralash bosiqichida ham ishtirokchilarga test topshirish qoidalari bo‘yicha tushuntirish berildi. Ushbu test sinovida yoshlar o‘zbek va jahon adabiyotiga, buyuk adiblarimiz hayoti va ijodiga oid 50 ta test savollariga 25 daqiqa vaqt davomida javob berishlari lozim.

Har bir to‘g‘ri javob uchun 2 balldan belgilanadi. Ishtirokchilar natijalari saqlab qolinadi (elektron ko‘rinishda va imzolangan holda qog‘ozda). Test natijalariga ko‘ra 86 va undan yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar keyingi (ikkinchi) bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishadi.

«Yosh kitobxon» tanlovining 3 yosh toifasi bo‘yicha saralash  osqichlari shu tartibda ketma-ket uch kunda o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur tanlovi bu yil ikkinchi marta o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring