Yangi o‘quv yilidan barcha uchun ta’lim krediti imtiyozli shartlarda ajratiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlar va talabalar forumida ishtirok etayotgani haqida xabar bergandik.
Iqtidorli, lekin oliygohda kontrakt asosida o‘qish imkoniyati bo‘lmagan yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tizim yaratamiz.
Ma’lumki, bugungi kunda ota-onalar farzandini oliygohda o‘qitish uchun 22-28 foiz stavkada ta’lim kreditini 3 yil muddatga olmoqdalar.
Lekin bu hammaga, ayniqsa, uzoq va chekka joylarda yashaydigan oilalarga og‘irlik qilayotgani ham bor gap.
Shuni hisobga olib, yangi o‘quv yilidan barcha uchun ta’lim krediti imtiyozli shartlarda 7 yil muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasida, ya’ni joriy yilda 14 foiz stavkada ajratiladi.
Bunga qo‘shimcha ravishda, ta’lim kreditlarini qoplash uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar daromad solig‘idan ham ozod qilinadi.
«Temir daftar»ga kiritilgan oilalarning farzandlariga oliygohdagi o‘qishning birinchi yili uchun, kontraktni budjetdan to‘lab berish tartibi joriy etiladi.
Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar va talabalar forumida ma’lum qildi.
Ipoteka dasturi doirasida uy-joy sotib olish uchun yosh oilalarga qo‘shimcha 2 mingta kvota ajratiladi va ushbu maqsadlar uchun budjetdan 60 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.
Shuningdek, «Temir daftar»da qayd etilgan oilalarning har bir farzandiga o‘quv qurollari va maktab formasi sotib olish uchun avgust oyida 500 ming so‘mdan moddiy yordam beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter