Yana bir vazirlik xodimlariga Toshkent propiskasi ochildi

Maktabgacha ta’lim vazirligida ishlovchi xodimlar ham Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi mumkinligi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.
Hukumatning 2018-yil 18-iyuldagi qarori bilan Maktabgacha ta’lim vazirligi Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritildi.
Eslatib o‘tamiz, ro‘yxatda shu paytgacha 66 ta tashkilot mavjud edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter