Yana bir maktab o‘quvchisiga «Spark» berildi
«Yosh kitobxon» tanlovining 15-19 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida o‘tkazilgan mamlakat bosqichida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Kegayli tumanidagi 9-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi 10-sinf o‘quvchisi Kokanova Nursulu birinchi o‘rinni egalladi va Prezident sovg‘asi – «Spark» avtomobili bilan taqdirlandi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.
2-o‘rinni Andijon viloyati Paxtaobod tumani 34-umumta’lim maktabi 10-sinf o‘quvchisi Dilnavoz Ne’matullayeva qo‘lga kiritdi. 3-o‘ringa esa buxorolik Baxriddin Rafiqov munosib deb topildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi 24-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Mahliyo O‘roqova mazkur tanlovning 10-14 yosh toifasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritib, «Spark» bilan taqdirlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter