Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xususiy maktablarda ham ta’til muddati uzayishi kutilmoqda

Xususiy maktablarda ham ta’til muddati uzayishi kutilmoqda

Nodavlat ta’lim tashkilotlarida ham qishki ta’til muddatini 2022 yil 24 yanvarga qadar uzaytirish tavsiya etildi.

Bu haqda Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi bayonot bilan chiqqan.

Shuningdek, qishki ta’til davrida o‘quvchilarga oziq-ovqat berilmasligi hamda boshqa sarf-xarajatlar qilinmasligini inobatga olgan holda ularning ota-onalaridan shu muddatlar uchun to‘lov undirilmasligi tavsiya etilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha Xalq ta’limi vazirligi umumta’lim maktablarida qishki ta’til 24 yanvargacha uzaytirilishini ma’lum qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring