Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijiy diplomlarni nostrifikatsiya qilish yanada osonlashadi

Xorijiy diplomlarni nostrifikatsiya qilish yanada osonlashadi

«Ta’lim sifatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Prezident qarori qabul qilindi. Qaror matni «O‘zA»da e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, 2019-yil 1-martdan boshlab quyidagi shaxslarning xorijiy davlatlarda berilgan diplomlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi va nostrifikatsiya qilinadi:

  • O‘zbekiston hududida alohida bo‘linmalari (filiallari) va qo‘shma ta’lim muassasalari faoliyat yuritayotgan xorijiy ta’lim muassasalarida ta’lim olgan O‘zbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning;
  • Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education, Academic Ranking of World Universities reytingida TOP-1000 talikka kirgan xorijiy OTMlarda ta’lim olganlarning (ilgari TOP-500 edi);
  • tasarrufida OTMlari bo‘lgan O‘zbekiston vazirlik va idoralarining yo‘llanmalari asosida mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun xorijiy davlatlar tomonidan ajratilgan kvotalar (grantlar) hisobidan ta’lim olgan fuqarolarning;
  • 1992-yil 1-yanvargacha xorijiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan fuqarolarning;
  • Oliy ta’limda sifatni kafolatlash Yevropa assotsiatsiyasining (European Association for Quality Assurance in Higher Education) to‘laqonli a’zolari - vakolatli tashkilotlar tomonidan akkreditatsiya qilingan ta’lim muassasalarida ta’lim olgan fuqarolarning, ayrim istisnolar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
  • AQSh, Avstraliya, Isroil, Kanada, Singapur, Janubiy Koreya, Yaponiya davlatlarining ushbu davlatlar vakolatli tashkilotlari tomonidan akkreditatsiya qilingan ta’lim muassasalarida ta’lim olgan fuqarolarning, ayrim istisnolar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
  • xorijiy OTMlarda mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun O‘zbekistonning vazirlik va idoralari tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan ta’lim olgan fuqarolarning;
  • O‘zbekistonning xalqaro shartnomalari, Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.

Diplomni nostrifikatsiya qilish to‘g‘risidagi arizalar faqatgina Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring