Xorazm faxriga aylangan ko‘zi ojiz kitobxon haqida ta’sirli lavha (video)
Xiva tumanidagi 121-ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internati o‘quvchisi Umidjon Qutlimurodov O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan «Yosh kitobxon» ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida ikkinchi o‘rinni egalladi.
«Yoshlar» teleradiokanalida ana shu kitobxon yigit haqidagi lavha efirga uzatildi. Unda Umidjon o‘z qiziqishlari hamda kelgusi rejalari haqida so‘zlab bergan.
Umidjonning aytishicha, u imkoniyati cheklangan bo‘lishiga qaramay, kitob mutolaasiga juda qiziqadi. Aytishicha, audio kitoblarni tinglaganda, xuddi «asarning ichiga kirib ketgandek» bo‘ladi. O‘zbek va jahon adabiyoti hamda, tarixiy asarlarni o‘qishga juda qiziqadi.
Umidjon bo‘sh vaqtlarida qo‘shiq kuylashni juda yoqtiradi, rejissuraga qiziqadi. Kelajakda Xiva haqida jahonga mashhur film suratga olish — uning eng katta orzusi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter