Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq ta’limi vazirligi rahbar lavozimlariga ishga taklif etadi

Xalq ta’limi vazirligi rahbar lavozimlariga ishga taklif etadi

Foto: «Xabar.uz»

21-iyun kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov vazirlik markaziy apparati tarkibidagi barcha boshqarma va bo‘lim boshliqlarini ishdan bo‘shatish haqida topshiriq bergan edi.

26-iyun kuni esa tashkil etilgan press-brifingda Sherzod Shermatov vazirlik boshqarma va bo‘lim boshliqlarining nima uchun ishdan bo‘shatilganiga izoh bergan edi.

Bugun, 28-iyun kuni Xalq ta’limi vazirligi tizimni tubdan isloh qilish maqsadida maktab ta’limini yuksaltirishda aniq takliflarga ega bo‘lgan shijoatli, zamonaviy fikrlaydigan va eng muhimi, yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga befarq bo‘lmagan yurtdoshlarimizni rahbar lavozimlariga taklif etadi.

Ma’lumotlar [email protected] elektron pochtasiga yuborilishi kerak.

Nomzodlar xatda quyidagi ma’lumotlarni ko‘rsatadilar:

  1. Ism-familiyasi;
  2. Yashash manzili;
  3. Bog‘lanish uchun ma’lumotlar (telefon, e-mail, telegram);
  4. Siz tizimdagi qaysi bo‘g‘inni rivojlantira olaman, deb o‘ylaysiz? (vazirlik markaziy apparati bo‘linmalari, viloyat boshqarmalari, tuman (shahar) bo‘limlari, ta’lim muassasasi rahbarlari lavozimiga);
  5. Shu lavozimga nega aynan Siz munosibsiz (100 tagacha so‘z)?

Xatga, albatta, CV yoki shaxsiy ma’lumotnoma hamda 3x4 xajmdagi rasm ilova qilinishi kerak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring