Xalq ta’limi vaziriga o‘rinbosar tayinlandi
![Xalq ta’limi vaziriga o‘rinbosar tayinlandi](https://static.xabaruz.com/crop/7/2/720_460_95_724915397.jpg)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yilning 20-may kuni Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosarini tayinladi.
Prezident qaroriga ko‘ra, Temurjon Komilov Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimini egallagan. U xalq ta’limi sohasida moliyaviy-iqtisodiy masalalarga mas’ul hisoblanadi.
Temurjon Komilov xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo‘nalishi bo‘yicha Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 2004-yil bakalavriyat va 2006-yili magistraturani tamomlagan. 2005-2017-yillarda davlat organlarida faoliyat yuritgan.
2017-yildan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasida ishlab kelgan. 2018-yilda u Hisob palatasining Budjet tizimi budjetlari shakllantirilishi va xarajat qismi ijro etilishini nazorat qilish sho‘’basi bosh inspektori lavozimida ishlab kelgan.
Temurjon Komilov avvalgi o‘rinbosar Otabek Nazirovning o‘rnini egalladi. Otabek Nazirov 2019-yil yanvar oyida Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter