Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.
Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi.
Konsepsiyaga muvofiq, O‘zbekistonning 2030-yilga kelib PISA – o‘quvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dasturida birinchi 30 ta ilg‘or mamlakat qatoriga kirishiga erishish belgilangan.
Ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillari bosqichma-bosqich tatbiq etiladi.
Shuningdek Farmon bilan Konsepsiyani 2019-yilda amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xarita»si tasdiqlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter