«Xalq ta’limi fidoyisi» nishoni ta’sis etildi
Hukumat qarori bilan «Xalq ta’limi fidoyisi» ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.
Ko‘krak nishoni bilan xalq ta’limi sohasida fidokorona mehnat qilgan hamda xalq ta’limi sohasiga rivojiga munosib hissa qo‘shgan fuqarolar taqdirlanadi.
Ko‘krak nishoni bilan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
Nishon har yili O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayrami arafasida Xalq ta’limi vaziri tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.
Nishon bilan mukofotlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining 4 baravari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
«Xalq ta’limi fidoyisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha hujjatlarni taqdim etish va ko‘rib chiqish sxemasi quyida keltirilgan:
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter