O‘zbekistonlik olim YTFAning eng yosh akademigi deb topildi

Navoiy shahrida Yevroosiyo tog‘ fanlari akademiyasi prezidiumi yig‘ilishi doirasida akademik diplomlarini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Akademiyaning yangi tanlangan a’zolari orasida o‘zbekistonlik 6 nafar olim: t.f.d. Baxodir Raimjanov, t.f.d. Yunus Norov, t.f.d. O‘tkir Nosirov, t.f.d. Quvondiq Sanaqulov, t.f.d. Farxodbek Umarov, t.f.d. Ilxom Mislibayev.
«MISiS» universiteti texnologik tadqiqot Milliy Olmaliq filiali direktori, t.f.d. F.Umarov Yevroosiyo tog‘ fanlari akademiyasining eng yosh akademiki deb topildi.
Yevroosiyo tog‘ fanlari akademiyasi 2018 yilning 20 iyun kuni Qozog‘istonning Ostona shahrida Butunjahon tog‘ Kongressi doirasida tashkil etilgan.
YTFA ta’sischilar tarkibiga yetakchi olimlar va Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va O‘zbekiston tog‘-metallurgiya tarmog‘i ekspertlari kiritildi.
YTFA faoliyatining asosiy yo‘nalishlari ishtirokchi mamlakatlar tog‘sanoat kompleksini rivojlantirish, Yevroosiyo mintaqasida soha rivojini tartibga solish tizimini shakllantirish, sohani modernizatsiyalashning ilmiy-innovatsion potensialini shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar, istiqbolli loyiha va malakaviy konstruktorlik ishlanmalarning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash, belgilangan tadqiqotlarni koordinatsiyalash, shuningdek, Akademiyaning ishtirokchi mamlakatlarida tog‘sanoat sohasi uchun ilmiy kadr va mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash jarayonini takomillashtirishdan iborat.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter