Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tumanlarda matematikaga ixtisoslashitirilgan maktablar tashkil etiladi

Tumanlarda matematikaga ixtisoslashitirilgan maktablar tashkil etiladi

Foto:«Xabar.uz»

«Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy qilishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

Qarorga ko‘ra, har bir tumanda (shaharda) matematika fanini chuqurlashtirib o‘qiishga ixtisoslashtirilgan maktablar (Ixtisoslashtirilgan maktablar) bosqichma-bosqich tashkil etiladi.

Ixtisoslashtirilgan maktablarda maktab direktori tegishli tuman (shahar) hokimining iqtisodiy va boshqaruv jarayonlariga matematik usullar va modellarni joriy qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi.

Matematika fani chuqurlashtirilib o‘qitiladigan sinflar bosqichma-bosqich, mavjud ehtiyoj va o‘quvchilarning qobiliyatidan kelib chiqib tashkil etiladi.

Ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quvchilar belgilangan tartibda tanlov asosida saralab olinadi.

Matematika fani chuqurlashtirilib o‘qitiladigan sinf bitiruvchilari tegishli OTMlarning matematika ta’lim yo‘nalishlariga ular uchun belgilangan maqsadli parametrlar bo‘yicha o‘qishga qabul qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring