Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda bo‘lajak stomatologlarning qasamyodi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda bo‘lajak stomatologlarning qasamyodi bo‘lib o‘tdi

Toshkent davlat stomatologiya institutida «Talabalikka bag‘ishlov» tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Toshkent davlat stomatologiya instituti axborot xizmati xabar berdi. Tadbirda institutning 1-kurs talabalari talabalik qasamyodini qabul qildi.

Qayd etilishicha, 2018/2019 o‘quv yilida institutga 357 nafar talaba qabul qilingan. Institutda ayni paytda 1700 nafardan ziyod talaba tahsil oladi. Toshkent shahridagi 4 stomatologiya poliklinikasi va klinik shifoxonalar hamda 20 dan ziyod yirik xususiy stomatologiya poliklinikasida klinik bazalar tashkil etilib, o‘quv jarayoni olib borilmoqda. Shu bilan birga zamonaviy simulyasion markaz tashkil qilinib, zamonaviy simulyatorlar bilan jihozlangan. Bundan tashqari, institutda 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab fakultetlarning barcha kurslarida ayrim mutaxassislik fanlarini ingliz tilida o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan. Institut tomonidan so‘nggi uch yil mobaynida xorijiy mamlakatlarning ellikka yaqin nufuzli oliy ta’lim muassasalari va kompaniyalari bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha memorandumlar imzolangan.

Avvalroq xabar berganimizdek, yurtimizdagi qator oliy o‘quv yurtlari safida Toshkent davlat stomatologiya institutiga ham  2018/2019 o‘quv yili uchun xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha qabul kvotalari tasdiqlandi va to‘lov-kontrakt asosida yana 60 o‘rin ajratildi. Italiyaning Turin universiteti bilan “biotibbiy muxandislik” va Moskva Davlat tibbiyot stomatologiya universiteti bilan “stomatologiya” fakultetlari tashkil etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring