Toshkent viloyatida 459 talabaning kontrakt pullari to‘lab berildi
Joriy yilda Toshkent viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy yordam ko‘rsatish orqali 2458 nafar yoshlar qo‘llab-quvvatlandi.
Jumladan, 459 nafar talabaning kontrakt pullari, 18 nafarining turar joy ijarasi to‘lab berildi. Yoshlarning 280 nafariga psixologik, 603 nafariga tibbiy xizmat ko‘rsatilgan, 1098 nafar yigit-qizning iste’dod va qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 5 tashabbus doirasida mablag‘ ajratilgan.
Shuningdek, 176 nafar yoshning safarbarlik chaqiruvi rezervi mablag‘larini to‘lash hamda 201 nafar yoshning xaydovchilik guvohnomalarini olishida amaliy moliyaviy yordam ko‘rsatildi.
Bundan tashqari, jami 6254 nafar yoshga «Yoshlar daftari» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qariyb 24 mlrd. so‘m miqdorida yordam ko‘rsatildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter