Toshkent tumanida maktablar «remonti»dan 321,6 mln so‘m «yeb yuborildi»
Toshkent tumanidagi 5 ta maktabda olib borilgan joriy ta’mirlash ishlarida budjet mablag‘lari talon-toroj qilinganligi fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «K.I.» MChJ rahbari D.B. va tuman Xalq ta’limi bo‘limi qurilish bo‘yicha yetakchi mutaxassisi S.T.lar tumandagi 5 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida amalga oshirilgan joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha hisob-fakturalarga amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali 321,6 mln so‘m budjet mablag‘ini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish), 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter