Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga yangi rektor tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq Onorboyev Baxodirjon Ochilboyevich Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rasmiy «Telegram» kanalida ma’lum qilindi.
Baxodirjon Onorboyev 1971-yilda tug‘ilgan, 1993-yilda Toshkent davlat universitetini matematika mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan, texnika fanlari doktori.
Ushbu lavozimga tayinlanishidan oldin O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari axborot-tahlil departamenti Uzluksiz ta’lim tizimida islohotlarni muvofiqlashtirish masalalari sho‘’basining mudiri lavozimida ishlab kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter