Toshkent davlat yuridik universitetiga endi masofadan hujjat topshirish mumkin
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligidan O‘zAga ma’lum qilinishicha, endilikda Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni Davlat xizmatlari markazlari orqali topshirish mumkin.
Bu respublikamizning 14 ta – Toshkent shahrining Mirobod tumani, shuningdek, Namangan, Nukus, Andijon, Termiz, Kogon, Zarafshon, Shahrisabz, Qo‘qon shaharlari, Do‘stlik, Pastdarg‘om, Sirdaryo, Chirchiq, Xonqa tumanlari Davlat xizmatlari markazlarida tajriba tariqasida joriy etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter