To‘lov-kontraktlar miqdori oshdimi? Vazirlik rasmiy munosabat bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan va muhokamalarga sabab bo‘layotgan davlat oliy ta’lim muassasalarida bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlarining oshirilganligi to‘g‘risidagi xabarlar noto‘g‘ri. Buni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘z rasmiy munosabatida ma’lum qildi.
Shu bilan bir qatorda, bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlari 2022/2023-o‘quv yili uchun tasdiqlanishi kutilayotganligini inobatga olib, ushbu masala rasmiy e’lon qilinmagunga qadar barcha davlat oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan ta’lim tashkilotlari ham rasmiy bayonot berishini asossiz, deb hisoblaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter