Tibbiyot kolleji va texnikumlariga qabul jarayonlari boshlanadi
Tibbiyot kolleji va Jamoat salomatligi texnikumlariga yangi o‘quv yili uchun qabul jarayonlari joriy yil 10-avgustda boshlanib, 10-sentyabrga (shu kuni ham) qadar davom etadi.
SSV ma’lumotiga ko‘ra, 2022/2023-o‘quv yili uchun Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlariga qabul kvotasi jami 11 ming 670 ta etib belgilangan va shundan:
– 1 367 tasi davlat granti;
– 10 303 tasi to‘lov-shartnoma asosida bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, Tibbiyot kollejlariga jami 7 ming 800 ta o‘rin ajratilib, shundan:
– 780 tasi davlat granti;
– 7 020 tasi to‘lov-shartnoma asosida belgilanishi kutilmoqda.
Qabul Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rasmiy veb-sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.
Tibbiyot kollejlari va jamoat salomatligi texnikumlariga kirish imtihonlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, hozirgi vaqtda respublika bo‘yicha jam 27 ta tibbiyot kolleji va 47 ta Jamoat salomatligi texnikumlari faoliyat olib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter