Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga kirish imtihonlari o‘tkazildi
Joriy yilning 5-6 avgust kunlari Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarining imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
2022-2023 o‘quv yilida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning faqat 5-sinfiga, Mirzo Ulug‘bek va Abu Ali Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablariga esa faqat 7-sinfga qabul bo‘ladi.
Qabul jarayonlari 30 iyul kuni o‘z nihoyasiga yetdi, tasdiqlangan jami arizalar soni 15 675 tani tashkil etdi (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga 10 282 ta, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga 3149 ta va Abu Ali Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga esa 2018 ta).
Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarida imtihonlar bir bosqichda bo‘lib o‘tdi.
Axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha:
5-sinflar uchun matematika, ingliz tili fanlaridan;
Matematika fanidan 25 ta, shundan 5 tasi mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan savollardan iborat. Har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 balldan jami 77,5 ball beriladi. Ingliz tili fanidan 15 ta savoldan iborat bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun 2,1 balldan jami 31,5 ball beriladi. Matematika va ingliz tili fanlaridan jami maksimal 109 ball beriladi.
Biologiya va kimyo yo‘nalishi bo‘yicha:
7-sinflar uchun biologiya, ingliz tili fanlaridan:
Biologiya fanidan 25 ta, shundan 5 tasi mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan savollardan iborat boiadi. Har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 baldan jami 77,5 ball beriladi. Ingliz tili fanidan 15 ta savoldan iborat bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun 2.1 baldan jami 31,5 ball beriladi. Biologiya va ingliz tili fanlaridan jami maksimal 109 ball beriladi.
Fizika va astronomiya yo‘nalishi bo‘yicha:
7-sinflar uchun matematika, ingliz tili fanlaridan:
Matematika fanidan 25 ta, shundan 5 tasi mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan savollardan iborat bo‘ladi. Har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 baldan jami 77,5 ball beriladi. Ingliz tili fanidan 15 ta savoldan iborat bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun 2.1 baldan jami 31,5 ball beriladi. Matematika va ingliz tili fanlaridan jami maksimal 109 ball beriladi.
Kirish imtihonida berilgan topshiriqlarni bajarish uchun 120 daqiqa vaqt ajratildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter