TATU Nukus filiali talabasi Prezident stipendiyasi sohibi bo‘ldi
2020/2021-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyalari tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi.
Iqtidorli yoshlar safida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialining «Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim» yo‘nalishi talabasi Nurniyazov Arman ham bor.
Nurniyazov Arman 2018-yil oliy matematika va fizika fanlari olimpiadasida 1-o‘rinni egallagan. 2019-2020-o‘quv yilida Beruniy nomidagi Davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining «Guruch yetishtirish fermer xo‘jaliklarini boshqarish tizimi» dasturiy majmuasi va «Yer osti suvlari monitoringi» dasturi uchun mualliflik guvohnomalarini qo‘lga kiritgan.
Mazkur yutuq yurtimizda AKT sohasiga va ushbu yo‘nalishda IT mutaxassislarni tayyorlashga yuksak e’tibor qaratilayotganini dalolat beradi, O‘zbekistonda yetakchi AKT sohasidagi oliy ta’lim yurtida sifati yuqori ta’lim berayotganligini namoyon etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter