Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ta’lim muassasalarida psixologik xizmat tashkil etiladi

Ta’lim muassasalarida psixologik xizmat tashkil etiladi

Foto:«Shkolniy psixolog»

O‘quvchilarni psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash ishlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi. 

Qaror bilan Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus davlat ta’lim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, psixologik xizmatning asosiy vazifasi o‘quvchilarning qobiliyati, layoqati, qiziqishlari hamda kasb-hunarga moyilliklari asosida to‘g‘ri kasb-hunar tanlashlariga ko‘maklashishdir.

Psixologik xizmat o‘quvchilar sonidan kelib chiqib 1-3 shtat birligidan iborat tarkibda tashkil etiladi.

Psixolog kadrlar soni bir nafardan ortiq bo‘lganda ulardan biriga psixologik xizmat rahbarligi yuklanadi.

Ta’lim muassasalarida psixolog kadrlar uchun haftasiga 36 soatli ish tartibi joriy etiladi.

Qaror bilan shuningdek, psixolog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi belgilandi.

Unga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari psixolog kadrlari har besh yilda, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari psixolog kadrlari har uch yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkaziladi.

Psixolog kadrlarning malaka toifalari bir ta’lim muassasasidan boshqasiga ishga o‘tganda saqlanadi.

Attestatsiya har yili mart-iyun oylarida o‘tkaziladi.

Oliy va birinchi malaka toifalariga talabgor psixolog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazganlik uchun eng kam oylik ish haqining 1 baravari (202 ming 730 so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring