Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident qarori: «Ta’lim klasterlari» ro‘yxati e’lon qilindi (foto)

Prezident qarori: «Ta’lim klasterlari» ro‘yxati e’lon qilindi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan «Ta’lim klasterlari» tashkil etish uchun tavsiya etiladigan professional ta’lim muassasalari ro‘yxati ochiqlandi. Bu Prezidentning tegishli qarori loyihasida keltirilmoqda.

Ro‘yxatga respublika bo‘yicha jami 22 ta ta’lim muassasasi kiritilgan.

Foto: Xabar.uz
Foto: Xabar.uz

Hujjat loyihasida keltirilishicha, davlat-xususiy sheriklik loyihaci doirasida:

a) xususiy sherik zimmasiga:

  • mehnat bozorida ehtiyoj yuqori bo‘lgan kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlarni tayyorlash;
  • professional ta’lim muassasasini yuqori malakali pedagog kadrlar bilan to‘ldirish, o‘quv jarayonini belgilangan tartibda tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
  • ilg‘or xalqaro tajribalar asosida o‘qitishning innovatsion pedagogik shakllari, usullari va zamonaviy texnologiyalaridan foydalanib, professional ta’lim sohasidagi ta’lim jarayonining samaradorligini va natijadorligini oshirish;
  • professional ta’lim muassasalarini ta’mirlash, jihozlash, saqlash va ekspluatatsiya qilish;
  • davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim amal qiladigan muddat davomida ob’yekt faoliyatining ixtisosligini saqlash;
  • davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimga asosan yuqoridagi majburiyatlardan tashqari boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan majburiyatlarni yuklatish mumkin.

b) davlat sherigi zimmasiga:

  • xususiy sherikka ob’yektni davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim amal qiladigan muddat davomida vaqtincha foydalanishga taqdim etish
  • xususiy sherikka metodik yordam ko‘rsatish;
  • bitimda ko‘rsatilgan miqdorda davlat buyurtmasini joylashtirish;
  • professional ta’lim muassasasini bitirib olti oy davomida uzluksiz mehnat, tadbirkorlik yoki o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini amalga oshirayotgan har bir bitiruvchisi uchun bitimda ko‘rsatilgan miqdorda Davlat budjeti hisobidan subsidiya to‘lash bo‘yicha majburiyatlar yuklatiladi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring