Talabalar uchun yangi stipendiya joriy etildi
Iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash va moliyaviy rag‘batlantirish maqsadida Respublika miqyosida talabalar uchun «REGISTON STIPENDIYASI» tanlovi ta’sis etildi.
Stipendiya g‘oliblari «Registon stipendiyasi sohibi» maxsus guvohnomasi, esdalik sovg‘alar, pul yutuqlari bilan taqdirlanadi. Shuningdek tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar beriladi.
Stipendiya tashkilotchilari:
- «REGISTON» o‘quv markazi va OLIYGOH.UZ jamoasi
Hamkorlar:
- Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Ro‘yxatdan o‘tish oxirgi sanasi:
- 20-fevral
Tanlov kimlar uchun?
- Respublikamizda tahsil olayotgan barcha bakalavr bosqichi talabalari uchun
G‘oliblari uchun mukofotlar:
- Stipendiya g‘oliblari «Registon stipendiyasi sohibi» maxsus guvohnomasi, esdalik sovg‘alar, pul yutuqlari bilan taqdirlanadi. Stipendiyalar 1-apreldan boshlab, 3 oy muddatga, belgilangan miqdorga qat’iy rioya qilgan holda tayinlanadi. Stipendiyaning umumiy miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravarida bo‘lib, 3 oyda ushbu miqdor bo‘lib to‘lanadi.
- Joriy o‘quv yilida talabalarning tashabbuslari va takliflari tanlovning maxsus komissiyasi tomonidan o‘rganib chiqilib, keyingi o‘quv yillaridan stipendiya sovrindorlari soni va ularga beriladigan stipendiya miqdorlari oshirib boriladi.
Stipendiya uchun kvota:
- Registon stipendiyasi sovrindorlari soni joriy o‘quv yilida 30 nafar talaba uchun
Qanday ro‘yxatdan o‘tiladi?
«Registon stipendiyasi» tanlovida ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar mustaqil ravishda OLIYGOH.UZ platformasi tizimidan ro‘yxatdan o‘tadilar va tanlov sinov shartlari bilan oldindan tanishadilar. Tanlov ishtirokchilari ro‘yxatdan o‘tish vaqtida shaxsiy ma’lumotlarining to‘g‘ri va aniq to‘ldirilayotganligiga ahamiyat berishlari lozim. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida har bir nomzodning telefon raqamiga maxsus kod jo‘natiladi. Ushbu kod orqali ishtirokchining «Shaxsiy kabineti» faollashtiriladi.
Ijtimoiy reklama
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter