Sirtqi va kechki ta’lim kontraktlari sezilarli kamaytirildi
Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rahbar-xodimlari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik.
Bundan buyon barcha talabalar bir xil miqdorda stipendiya olishi belgilangani ma’lum qilindi. Shuningdek, yomon bahoga o‘qigan talaba stipendiyadan mahrum bo‘ladi.
Yig‘ilishda joriy yilda sirtqi va kechki ta’limda o‘qiydigan talabalarning kontrakti 35-40 foizga kamaytirilgani ham qayd etildi.
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning yozishicha, masalan, sirtqi va kechki ta’limda o‘tgan yili 9 mln so‘m bo‘lgan kontraktlar bu yil 6 mln 300 ming so‘m etib belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter