Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirtqi ta’limga qabul 15 iyulda to‘xtatilishi mumkin

Sirtqi ta’limga qabul 15 iyulda to‘xtatilishi mumkin

Joriy yilda O‘zbekistonda sirtqi shaklga qabul jarayonlari 15 iyul kuni to‘xtatilishi mumkin. Bu haqda huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberganov ma’lum qildi.

«Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, sirtqi shaklga qabul jarayonlari xuddi kunduzgi kabi, 15 iyul kuni to‘xtatilar ekan. Abituriyentlarga shunga qarab reja qilishlarini tavsiya etaman.

Aslida Vazirlar Mahkamasining 393-sonli qaroriga ko‘ra, sirtqiga qabul 1 iyuldan 30 iyulgacha davom etishi kerak edi. Ammo joriy yilda ushbu muddat teng yarmiga qisqartirilishi mumkinligi haqida ishonchli gap-so‘zlar yuribdi. Hukumat qarori nima bo‘ladi?»,-deb yozadi bloger.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring