Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Singapur kompaniyalari Toshkentda ta’lim shaharchasi va xalqaro maktab qurmoqchi

Singapur kompaniyalari Toshkentda ta’lim shaharchasi va xalqaro maktab qurmoqchi

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Singapur kompaniyalari O‘zbekiston ta’lim tizimiga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda XTV axborot xizmati.

Qayd etilishicha, Singapurning «Kinder World International Group» kompaniyasi Toshkent shahrida xalqaro maktab qurishni rejalashtirmoqda, «Pegasus Education Group Pte. Ltd.» kompaniyasi esa «Singapore Education Metropolis» ta’lim shaharchasini yaratish niyatida.

Xalq ta’limi va Maktabgacha ta’lim vazirliklari, Toshkent shahar hokimligi hamda Singapurning «Kinder World International Group» kompaniyasi o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumi doirasida poytaxtimizda maktabgacha ta’lim muassasasi va umumta’lim maktabini o‘z ichiga olgan xalqaro maktab tashkil etiladi. Loyiha doirasida Toshkentda 5 gektar yer maydoni ajratiladi va unda 2 000 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan o‘quv maskani bunyod etiladi.

Memorandum doirasida uzluksiz ta’lim taklif etadigan «Singapore Education Metropolis» ta’lim shahri yaratiladi. Shahar 50 gektar maydonda bunyod etiladi. Mazkur loyihalar doirasida o‘quv muassasalarida Singapur ta’lim tizimini faol joriy etilishi nazarda tutiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring