Shavkat Mirziyoyev mirzacho‘llik bolajonlar qurshovida (foto)

Kecha, 30-yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mirzacho‘l tumanidagi «Binafsha» davlat maktabgacha ta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
«Obod qishloq» dasturi asosida kapital ta’mirlangan mazkur bog‘chada bolalarning rivojlanishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Muassasa 280 o‘ringa mo‘ljallangan. Mashg‘ulot xonalari bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha ilg‘or metodikalar asosida, zamonaviy inventarlar bilan jihozlangan. Sport va o‘yin maydonchalari qurilgan. Turli interfaol o‘yinlar, buyumlar va o‘yinchoqlar bolalarning aqlini charxlashga yo‘naltirilgan.

«Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, farzandlarimizga yaxshi tarbiya berish doimiy e’tiborimizda bo‘ladi. Bog‘chaga borgan bolaning sog‘lig‘i mustahkam, dunyoqarashi keng, o‘ziga ishonchi yuqori bo‘ladi», dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezidentimiz bu boradagi ishlarni izchil davom ettirish, davlat va xususiy bog‘chalar tashkil etish orqali bolalar qamrovini ko‘paytirish, shu bilan birga ta’lim-tarbiya sifatini oshirish zarurligini ta’kidladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter