Shahrisabzda ikkita universitet filiali ochiladi
![Shahrisabzda ikkita universitet filiali ochiladi](https://static.xabaruz.com/crop/2/5/720_460_95_2507348059.jpg)
Qarshi va Shahrisabz shaharlarida Respublikaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari filiallari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, 2019-2020-o‘quv yilidan:
-Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi;
-Toshkent davlat pedagogika universitetining Shahrisabz;
-Toshkent kimyo-texgiya institutining Shahrisabz filiallari talabalarni o‘qitishni boshlaydi.
Oldinroq, O‘zbekistonda hujjatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri nostrifikatsiya qilinadigan xorijiy OTMlar ro‘yxati tasdiqlangani xabar berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter