Samarqand tibbiyot universiteti delegatsiyasi Sankt-Peterburgda uchrashuvlar o‘tkazdi
Samarqand davlat tibbiyot universiteti delegatsiyasi Rossiyaga tashrif doirasida shimoliy poytaxt — Sankt-Peterburg shahrida bir qator samarali uchrashuvlar o‘tkazdi.
Sankt-Peterburg gubernatorining qarorgohida, rektor Jasur Rizayev boshchiligidagi SamDTU delegatsiyasining Sankt-Peterburg vitse-gubernatori Oleg Ergashev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda hudud sog‘liqni saqlash qo‘mitasi raisi Dmitriy Lisovets, I. I. Mechnikov nomidagi Shimoliy-G‘arbiy davlat tibbiyot universiteti rektori Sergey Sayganov ishtirok etdi.
SamDTU delegatsiyasining I. I. Mechnikov nomidagi Shimoliy-G‘arbiy davlat tibbiyot universiteti rektori Sergey Sayganov bilan olib borgan muzokaralarida mintaqadagi tibbiyot texnikumlarini transformasiya qilishda Rossiya tomonini ko‘maklashishi bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha ham kelishib olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter