RGCA: O‘zbekiston bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olish bo‘yicha jahon reytingida birinchi o‘rinni egalladi
Finance Inquirer nashri RGCA xalqaro tadqiqoti natijalari va UNICEF, Jahon banki va OECD ma’lumotlariga tayanib, bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga jalb qilish bo‘yicha eng yaxshi dinamikaga ega bo‘lgan dunyodagi top-10 ta davlatlarni e’lon qildi. O‘zbekiston jahon reytingida birinchi o‘rinni egalladi.
Hisobot 2018 yildan 2020 yilgacha bo‘lgan davrda erta yoshdagi bolalar ta’limining uzoq muddatli tendensiyalarining umumiy ko‘rinishini o‘z ichiga olgan.
Maqolada keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, aksariyat hududlarda maktabgacha ta’lim bilan bog‘liq vaziyat to‘xtab qolgan yoki salbiy o‘sish doirasiga o‘tgan, bir qator mamlakatlarda esa ajoyib o‘sish kuzatilmoqda. Eng yorqin misol O‘zbekiston bo‘lib, u yerda 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishning o‘sish dinamikasi ko‘rib chiqilayotgan davrda 59 foizni tashkil etdi.
Voqeani sharhlar ekan, O‘zbekiston Respublikasining maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin shunday dedi: «Erta yoshdagi bolalarga g‘amxo‘rlik va ta’lim berish bo‘yicha Butunjahon konferensiyasi arafasida jamoamiz mehnatiga jahon miqyosida berilgan bunday yuksak baho quvonarli hol. YuNESKOning bu miqyosdagi tadbiri ilk bor Toshkentda o‘tkazilishi ramziy ma’noga ega. Aytishim mumkinki, tadqiqotda keltirilgan raqamlar tasodifiy emas: mamlakat rahbariyati tomonidan 2017-yildan buyon maktabgacha ta’limni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor, hatto pandemiya davrining barcha uchun og‘ir bosqichini hisobga olgan holda ham, sezilarli natijalarga olib keldi. Ishonchim komilki, biz yuqori o‘sish sur’atlarini saqlab qolamiz va yaqin kelajakda nafaqat o‘sish dinamikasi, balki mutlaq ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham dunyoning yetakchi davlatlari darajasiga chiqamiz».
RGCA tadqiqotiga kiritilgan mamlakatlarning aksariyati maktabgacha ta’lim dasturlariga katta miqdorda sarmoya kiritadi, dastur xarajatlari davlat tomonidan moliyalashtiriladi – o‘rtacha maktabgacha ta’lim xarajatlarining taxminan 69%.
«2020 yildagi xavotirli global tendensiyalar fonida, yetakchi davlatlar maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olish ikki baravar kamayganini ko‘rsatgan bir paytda, bir qator mamlakatlar, aksincha, ajoyib o‘sish bilan ajralib turdi. Masalan, jahon reytingida yetakchilik qilayotgan O‘zbekiston davlat xarajatlarining ko‘payishi, sohani liberallashtirish va yetib borish qiyin bo‘lgan aholi punktlari uchun innovatsion ko‘chma bolalar bog‘chalarini joriy etish hisobiga bu ko‘rsatkichni 59 foizga oshirdi. Shubhasiz, ma’lumotlar u yoki bu tarzda 2020 yilning bahor-yoz oylarida pandemiyaning o‘tkir bosqichi muvaffaqiyatli o‘tgani bilan bog‘liq: bir qator mamlakatlar maktabgacha ta’lim muassasalarini modernizatsiya qilish va qayta jihozlash uchun lokdaunlardan foydalanishdi, boshqalari esa budjet oqimlarini boshqa boshqa yo‘nalishlarga yo‘naltirdi. Shu bilan birga, o‘sha Finlyandiya o‘zining mashhur ta’lim tizimining barqarorligini yana bir bor tasdiqladi va 7 foizni qo‘shib oldi», — dedi RGCA bosh direktori Vyacheslav Karpov.
O‘zbekistondan tashqari, birinchi o‘ntalikka Tojikiston (+33%), Belarus (+7%), Finlyandiya (+7%), Qozog‘iston (+4%), Litva (+4%), Turkiya (+4%), Shveysariya (+2%), Polsha (+2%) va Ozarbayjon (+1%) kirdi. Reytingdagi mamlakatlarning yarmidan ko‘prog‘ida 2018-2020 yillarda bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olish darajasi pasaygan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter