Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasul Kusherbayev: «Kitoblarni pullik ijaraga berish Konstitutsiyaga zid»

Rasul Kusherbayev: «Kitoblarni pullik ijaraga berish Konstitutsiyaga zid»

Foto: Xabar.uz

Oliy Majlis deputati Rasul Kusherbayev maktablarda darslik kitoblarni pullik ijaraga berishni Konstitutsiyaga zid, deb hisoblashini ma’lum qildi.

– O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida «Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi», deb belgilangan.

Ushbu Konstitutsion norma talablaridan kelib chiqilsa davlat umumta’lim maktablarida ta’lim berish bilan bog‘liq barcha jarayonlar bepul hisoblanadi. Bunda darsliklar bilan o‘quvchilarni ta’minlash ham.

Shu bois, maktablarda darslik kitoblarni pullik ijaraga berish ham Konstitutsiyaga zid, deb hisoblaymiz.

Bu bizning nuqtai nazarimiz va uni to‘g‘ri, deb hisoblaymiz. Biroq bu boradagi yakuniy xulosani Konstitutsiyaviy sudimiz bildirganida yanada maqsadga muvofiq ish bo‘lardi, – deydi Rasul Kusherbayev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq darsliklar to‘plamlarining ijara narxlari sezilarli darajada oshgani ma’lum qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring