Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qrimdagi o‘zbekistonlik talabalar Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilishdi

Qrimdagi o‘zbekistonlik talabalar Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilishdi

Qrimda tibbiyot sohasida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar o‘qishni O‘zbekistonga ko‘chirishni so‘rab Prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘llashdi.

Ma’lum bo‘lishicha, murojaat yo‘llagan talabalar V.I.Vernadskiy nomidagi Qrim federal universitetining uchinchi bosqichida o‘qiydi. Tibbiyot fakulteti talabalari va ularning yaqinlari hududdagi xavfsizlik masalasidan xavotir olib, ularni O‘zbekistondagi universitetlarga o‘tkazishda yordam so‘ragan.

Talabalar bu vaqtga qadar Rossiyaning Rostov shahridagi O‘zbekiston Respublikasining bosh konsulxonasiga murojaat qilganliklari, ammo bosh konsulxonadan hech qanday ijobiy javob bo‘lmaganini ta’kidlashgan.

Ma’lumot uchun, 1-noyabr kuni Davlat qabul komissiyasining 7-son bayoni bilan Rossiya Federatsiyasining (Ukraina bilan chegaradosh) Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov va Krasnodar hududlaridagi OTMlarida tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolarining o‘qishini O‘zbekistondagi davlat OTMlariga istisno tariqasida ko‘chirishga ruxsat berilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring