Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qorako‘lda IT-klaster tashkil qilinadi

Qorako‘lda IT-klaster tashkil qilinadi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Buxoro viloyatidagi Qorako‘l xalqaro matematika maktabi negizida AyTi-klaster tashkil etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasi va internet texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan videoselektor davomida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Qorako‘l tumanida raqamli texnologiyalarga ixtisoslashgan alohida oliygoh, IT-park va yoshlar shaharchasi barpo etilishi ta’kidlab o‘tildi.

«Shu orqali, sohada ta’limdan ishlab chiqarishgacha bo‘lgan yaxlit zanjir yaratiladi», — deya ta’kidlab o‘tdi davlat rahbari.

Ushbu loyihani amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan mutasaddilarga bir oy muddatda yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda, Qorako‘l IT-klasteri konsepsiyasini taqdimot etish topshirig‘i berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring