Nodavlat ta’limda ham qishki ta’til uzaytiriladi (qo‘shimcha bayonot)
Qishki ta’til muddatining 17-yanvargacha uzaytirilishi barcha bo‘g‘indagi ta’lim muassasalari, xususan, nodavlat umumta’lim maktablari, professional ta’lim muassasalari, nodavlat oliy ta’lim muassasalari, ularning filiallari va xorijiy OTMlarga ham taalluqli. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qo‘shimcha bayonot berdi.
O‘zbekistonga anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan barcha bo‘g‘indagi ta’lim muassasalarida qishki ta’til muddati 17-yanvarga qadar uzaytirilgandi.
Jumladan, umumta’lim hamda ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining qishki ta’til kunlari ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli 2023 yilning 17 yanvarigacha davom etadi.
Joriy yilning 11–17-yanvar kunlari rejalashtirilgan dars mashg‘ulotlari o‘quv yili davomida boshqa mavzularda tig‘izlashtirilib o‘qitiladi.
O‘quv mashg‘ulotlari 18-yanvar, chorshanba kunidan boshlanadi.
Shuningdek, Hukumatning tegishli yig‘ilish bayoniga asosan, ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida mavsumiy gripp kasalligi, shamollashning keskin ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun 2023-yil 10–18-yanvar kunlari navbatdan tashqari ta’til kunlari, deb e’lon qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter