Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident topshirig‘i bilan bir guruh yoshlar talaba bo‘ladi

Prezident topshirig‘i bilan bir guruh yoshlar talaba bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining navbatdagi bayoni qabul qilindi. Bu haqda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, Prezident, Ijod, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchilari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining tegishli Bayoni bilan Davlat oliy ta’lim muassasalariga umumiy qabul kvotasidan tashqari qo‘shimcha kvotalar asosida talabalikka tavsiya etilgan.

Shu sabab yuqorida sanalgan maktablarning OTMlarga kirish imtihonlaridan o‘ta olmay qolgan bitiruvchilaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlariga murojaat qilishlari so‘ralgan.

Avvalroq Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida maksimal ball to‘plab, «kontrakt»ga o‘qishga kirgan (imtiyozlilar sabab) abituriyenlarning Prezident topshirig‘i asosida davlat grantiga o‘tkazilishi aytilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring