Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident raisligida videoselektor boshlandi

Prezident raisligida videoselektor boshlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yangi o‘quv yili arafasida maktab ta’limidagi masalalarni muhokama qilish va ustuvor vazifalarni belgilab olish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, keyingi yillarda «Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi», degan ezgu g‘oya asosida bu sohada katta ishlar amalga oshirilgan.

O‘tgan qisqa davrda yuzlab zamonaviy maktablar barpo etildi. Ilgari tajribamizda bo‘lmagan Prezident maktablari, ijod maktablari hayotimizga kirib keldi, ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘i kengaytirildi. Yangi darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari yaratildi.

«Eng muhimi, maktablarimizda yangicha ruh, mazmun va muhit paydo bo‘ldi.

Bunda, hech shubhasiz, bolalar qalbining me’mori, muhandisi bo‘lgan hurmatli o‘qituvchi va murabbiylar uchun erkin ishlash imkoniyatini yaratib berganimiz muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Chunki o‘qituvchiga e’tibor – bu avvalo farzandlarimizga, ularning ta’lim-tarbiyasiga e’tibor, degani. O‘qituvchining obro‘si oshsa, maktabning obro‘si oshadi, ilmning, ta’lim-tarbiyaning qadri ko‘tariladi.

Shu sababli, muallim va o‘quvchilar uchun sharoitlarni yaxshilash, ta’lim sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratayapmiz», — dedi davlatimiz rahbari yig‘ilish avvalida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring