Prezident maktabi o‘quvchilari 3,3 mln dollarlik grant takliflari olishdi
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktorining xabar berishicha, Prezident maktablari 11-sinf o‘quvchilarining ko‘pchiligi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish uchun hujjat topshirishgan. Ularning aksariyati yuqori ko‘rsatkichlarga erishib, bir necha oliy o‘quv yurtidan taklif olishdi.
O‘quvchilarga jami 3 351 556 dollarlik grant takliflari berildi. Toshkent, Namangan, Nukus va Xiva shaharlarida joylashgan Prezident maktablarining 49 nafar o‘quvchisi bu takliflarni AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya kabi ta’lim borasida yetakchi davlatlar oliy ta’lim muassasalaridan olishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter