Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik yoshlar Finlyandiyaga yuboriladi

O‘zbekistonlik yoshlar Finlyandiyaga yuboriladi

Ayni kunlarda Finlyandiyaning O‘zbekiston bilan hamkorlik loyihalarini yo‘lga qo‘ygan bir qator kompaniya rahbarlari va vakillari ta’lim sohasi bo‘yicha qator loyihalarni amalga oshirish uchun mamlakatimizda bo‘lib turibdi.

Mazkur tashrif doirasida Finlyandiyaning kasbiy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha xorijlik investorlar va Navoiy viloyati mutasaddilari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda onlayn tarzda ishtirok etgan SASKY ta’limi konsorsiumi direktori Antti Lahti konsorsium faoliyati, imkoniyatlari va ta’lim yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, uchrashuv davomida o‘zbekistonlik professional ta’lim muassasalari bitiruvchilarini Finlyandiyaga kasbiy stajirovka uchun jalb etish masalasi ham muhokama qilindi. Muzokaralar yakuniga ko‘ra, mazkur loyiha uchun jalb etiladigan yoshlarni 2030-yilgacha 10 000 nafarga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Ma’lumot uchun, SASKY kasbga tayyorlash va ta’lim masalalari konsorsiumi 1990 yilda tashkil etilgan bo‘lib, asosiy faoliyati mehnat munosabatlarini boshqarish, kattalar uchun, qisqa muddatli, xalqaro va boshqa pullik ta’lim turlarini taklif qilish hisoblanadi. Shuningdek, kompaniya yuqoridagilarni qo‘llab-quvvatlash uchun boshqa o‘quv, ta’lim va maslahat xizmatlarini ko‘rsatishi mumkin. Bundan tashqari, kompaniya kattalar ta’limi, shogirdlik va ish sohasida xizmatlarni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring