Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda ham bakalavr va magistr diplomlariga QR-kod qo‘yiladi

O‘zbekistonda ham bakalavr va magistr diplomlariga QR-kod qo‘yiladi

Foto: «iphones.ru»

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan bakalavr va magistr diplomlariga individual QR-kod qo‘yish tizimi hamda uning dasturiy ta’minoti ishlab chiqiladi. Bu haqda vazirligning axborot xizmati xabar berdi.

Ushbu tizimga OTM tomonidan berilgan diplomlarning haqiqiyligini aniqlashda eng samarali yechim sifatida qaralmoqda.

Diplomlarni QR-kodlashtirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

1-bosqichda loyiha ishlab chiqiladi:

  • dunyoda mavjud muqobil platformalarni tadqiq va tahlil qilish;
  • tizimning konseptual modelini yaratish;
  • ma’lumotlar bazalarini loyihalash va tizimning funksional arxitekturasini yaratish.

2-bosqichda QR -kod tizimi ishlab chiqiladi:

  • bakalavr va magistrlik diplomlari uchun individual QR-kodlar yaratish tizimini ishlab chiqish.

3-bosqichda talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi:

  • respublika bo‘yicha talabalar haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan yagona axborot tizimini ishlab chiqish hamda bakalavr va magistrlik diplomlari uchun individual QR -kodlarni yaratish tizimi bilan integratsiyalash.

4-bosqichda amaliyotga joriy etish:

  • aprobatsiya: dasturiy ta’minotning pilot versiyasi kompleks sinovdan o‘tkaziladi va jamoatchilikka taqdim etiladi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring