O‘zbekistonda bir yilda qancha magistr ayollar tayyorlangani ma’lum bo‘ldi
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2022/2023-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlarining magistratura yo‘nalishini 7 918 nafar xotin-qizlar bitirgan.
Bitiruvchi xotin-qizlar soni sohalar bo‘yicha quyidagicha:
ta’lim – 2 359 nafar;
san’at va gumanitar fanlar – 1 768 nafar;
tabiiy fanlar, matematika va statistika – 885 nafar;
muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari – 731 nafar;
biznes, boshqaruv va huquq – 620 nafar;
ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot – 543 nafar;
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot – 392 nafar;
qishloq, o‘rmon, baliqchilik xo‘jaligi va veterinariya – 265 nafar;
xizmatlar – 179 nafar;
axborot-kommunikasiya texnologiyalari – 176 nafar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter