O‘zbekiston OTMlarida qancha pedagog tayyorlanmoqda?
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yurtimizda tayyorlanayotgan pedagog kadrlar bo‘yicha statistik ma’lumotlarni taqdim etdi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda pedagogika sohasiga ixtisoslashgan 7 ta oliy ta’lim muassasasida sohaning asosiy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha jami 50 077 nafar pedagog kadrlar tayyorlanmoqda. Jumladan:
-Jizzax DPI – 9734 nafar;
- Navoiy DPI – 8874 nafar;
- TDPU – 8560 nafar;
- Nukus DPI – 8153 nafar;
- Qo‘qon DPI – 7894 nafar;
- Toshkent vil. Chirchiq DPI – 5063 nafar;
- TDPU Termiz filiali – 1136 nafar.
2019-2020 o‘quv yilida pedagogika ta’lim yo‘nalishlarida maqsadli qabul jarayonlari kengaytiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter