Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek qizi nemis tilidan «oltin» oldi — Butunjahon olimpiadasi

O‘zbek qizi nemis tilidan «oltin» oldi — Butunjahon olimpiadasi

Foto: Gyote instituti

Germaniyaning Gyottingen shahrida 15–22-iyul kunlari bo‘lib o‘tgan nemis tili bo‘yicha Butunjahon olimpiadasining g‘oliblari aniqlandi. E’tiborli tomoni, oltin medalni olganlar orasida o‘zbekistonlik qiz ham bor.

Olimpiada «oltin»iga bir yo‘la uch qatnashchi loyiq topildi: Rayyona Ibrohimova (O‘zbekiston), Mahek Xon (Bangladesh) va Ana Kotevska (Shimoliy Makedoniya).

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar Meksika, Italiya, Slovakiya, Polsha va Buyuk Britaniya maktablari o‘quvchilariga nasib etdi.

Berlindagi Gyote instituti ma’lumot berishicha, olimpiada finalida 62 mamlakatdan 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 100 dan ziyod ishtirokchi kurash olib borgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring