Davlat stipendiyalariga necha nafar talaba sazovor bo‘lgani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash bo‘yicha tanlov komissiyasining bayoni bilan 2019-2020 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining oxirgi ikki kursida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarga O‘zbekiston Respublikasi davlat stipendiyalari tayinlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.
Yurtimizdagi OTMlarning 205 nafar iqtidorli talabasi nomdor davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lishdi:
Navoiy davlat stipendiyasi – 66 nafar;
Beruniy davlat stipendiyasi – 61 nafar;
Ulug‘bek davlat stipendiyasi – 9 nafar;
Ibn Sino davlat stipendiyasi – 10 nafar;
Imom al-Buxoriy davlat stipendiyasi – 3 nafar;
Islom Karimov davlat stipendiyasi – 56 nafar.
Sovrindor talabalarga 2019-yil 1-sentyabridan boshlab joriy o‘quv yili davomida davlat stipendiyasi tayinlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter