OTMlarda kontrakt to‘lash muddati 31-dekabrgacha uzaytirildi
2018-2019-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining ikkinchi va undan yuqori kursida tahsil olayotgan talabalar uchun belgilangan to‘lov-kontrakt miqdorining birinchi yarmini to‘lash muddati joriy yilning 31 dekabri (shu kuni ham) etib belgilandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Shuningdek, mazkur muddat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga 2018-2019 o‘quv yili qabulida kirish sinovlari natijasiga ko‘ra yetarli ball to‘plamagan va oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar va O‘zbekistonda o‘qiyotgan xorijiy fuqarolarga ham tegishlidir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter