«Prezident granti» stipendiyasi joriy etiladi
Oliy ta’lim muassasalarida «Prezident granti» stipendiyasi va «Qizlar uchun maxsus stipendiya» joriy etiladi. Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Loyihaga ko‘ra, 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari kunduzgi bo‘limiga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshlar uchun butun o‘qish davri davomida «Prezident granti» stipendiyasini joriy etish va a’lo baholarga o‘qiyotgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj, davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan qizlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun oyma-oy to‘lanadigan «Qizlar uchun maxsus stipendiya» tayinlash ko‘zda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter