O‘quvchilarga uydan chiqmasdan o‘qish imkonini beruvchi «Teledars» dasturi yo‘lga qo‘yildi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan karantin tufayli e’lon qilingan ta’til mobaynida o‘quvchilar va talabalarga masofadan bilim olish imkoniyatini yo‘lga qo‘ymoqda.
Navbatdagi loyiha «UzReport» telekanali ijodkorlari bilan hamkorlikda tashkil etilib, «Teledars» ko‘rsatuvi o‘quvchilarga uydan chiqmasdan sifatli ta’lim olish imkonini beradi.
«Teledars» dasturida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti «International house-Tashkent» akademik litseyining xalqaro tajribaga ega bo‘lgan malakali o‘qituvchilari ilg‘or texnologiyalar asosida respublikamizning barcha o‘quvchi-yoshlari uchun onlayn videodarslar taqdim etishadi.
«Teledars» dam olish kunlaridan tashqari har kuni:
10:15da geografiya;
11:15da matematika;
12:15da fizika fanlaridan to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatiladi.
Shuningdek, dasturni «UzReport» telekanalning facebook sahifasi va youtube kanali orqali bevosita onlayn efirda kuzatib borish, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining facebook sahifasi va youtube kanalida tanishish mumkin.
Hozirda vazirlik O‘zMTRK va O‘zEOAVMA tizimidagi telekanallar orqali talabalar va o‘quvchilarga videodarslarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter